
Yaxshi inson istasang, yaxshi tarbiya ber.Yaxshi tarbiya kitob orqali o‘quvchi qalbiga kirib boradi.Yangibozor tumani 31-son umumiy o‘rta ta'lim maktabi kutubxonachisi Maqsuda Qurolovaning mo‘jazgina kutubxonasi hamisha o‘quvchilar bilan gavjum.Adabiyotga oshno qalblar kutubxonada kitoblar bilan oshno bo‘ladilar.She'riyat bahslari barchaga birdek manzur bo‘ladi.O‘quvchi zakovati kitobga muhabbati orqali rivoj topadi.