Xorazm viloyati, Yangibozor tumani mustaqillik mahallasi

blog
  • Maktab haqida
  • 18-11-2023, 11:30

Bayrog‘imiz-faxrimiz

Bayrog‘imiz o‘zida butun O‘zbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni mujassam etgan. Milliy bayrog‘imizning davlat idora va muassasalari, o‘quv yurtlari, O‘zbekiston a‘zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, chet ellardagi elchixona va doimiy vakolatxonalarimiz peshtoqida hilpirab turishi, turli bayram va tantanalarda, mamlakatimiz vakillari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-ma‘rifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida Vatanimizning sha‘ni, xalqimizning g‘ururini yorqin aks ettirishi barchamizga iftixor baxsh etadi. Masalan, xalqaro sport bellashuvlarida g‘alaba qozongan sportchilarimiz sharafiga  yurtimiz bayrog‘i baland ko‘tarilgan lahzada har birimiz cheksiz hayajonga tushamiz, hech kimdan kam emasligimizni his qilamiz. Yangibozor tumani 31-son umumiy o‘rta ta'lim maktabining 5-sinf rahbari Mansurova Dilfuza 5-sinf o‘quvchilari sinf soati darsida "Bayrog‘imiz -faxrimiz g‘ururimiz!" mavzusi ostida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining qabul qilinganligiga 32 yil to‘lishi munosabati bilan she'rlar aytdilar, qo‘shiq kuyladilar va bayrog‘imiz rasmini chizdilar.   

Manzil

  • Xorazm viloyati, Yangibozor tumani mustaqillik mahallasi
  • +998 (93) 000-00-00
  • info@yangibozor31-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Декабрь 2023    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yil dasturi

Maktab manzili