
Bayroqdagi moviy rang – uning ostida barcha millatlar turli xil xavf-xatarlardan xoli, erkin holda ahil-inoq yashab kelayotgan musaffo osmonimiz hamda obi hayot ramzidir. Bayroqdagi oq rang – davlatimiz fuqarolarining o‘zaro hamjihatlikda, bir-birini hurmat qilib, diniy bag‘rikenglik tamoyillari asosida tinch-totuv yashayotganining timsoli. Yashil rang esa tabiatning yangilanishi hamda yurtimizning jannatmonand ekanligi ramzidir. Bu rang ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.Yangibozor tumani 31-son umumiy o‘rta ta'lim maktabi 2-sinf rahbari Karimova Gulshod "Hilpira bayrog‘im" mavzusida sinf soatida 2-sinf o‘quvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining qabul qilinganigining 32 yilligiga bag‘ishlab she'rlar aytildi, bayroqdagi ranglarga ta'rif berildi. Dars mashg‘uloti davomida har bir o‘quvchi "Mening bayrog‘im, g‘ururim, faxrim" shiori qalblarida hamisha jaranglab turishini yana bir bora isbotladilar.